Oʻzbekiston va Hindiston Xalqaro iqtisodiy hamkorlik konferensiyasiga tayyorgarlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Hindiston Xalqaro iqtisodiy hamkorlik konferensiyasiga tayyorgarlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Hindiston Xalqaro iqtisodiy hamkorlik konferensiyasiga tayyorgarlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohruh Gulamov Hindiston elchisi Smita Pant bilan uchrashdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar do‘stona munosabatlarning izchil rivojlanib borayotganini va turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidlab, sheriklikni faollashtirish va qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashdilar.

18-iyun kuni Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston-Hindiston hukumatlararo komissiyasining 14-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni alohida ko‘rib chiqildi. Bo‘lajak tadbirning ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va uning amaliy natijadorligini oshirishdagi ahamiyati qayd etildi.

Uchrashuv yakunida konstruktiv muloqotni davom ettirish va aloqalarni yanada rivojlantirishga o‘zaro tayyor ekanliklari bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling