O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Germaniya farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

UzDaily · 15.06.2026 · 17:20 · 33 views
Oʻzbekiston va Germaniya farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Germaniya farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 13 iyun kuni Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Germaniya farmatsevtika sanoatining yetakchi tashkilotlaridan biri — "German Association of Research-Based Pharmaceutical Companies" (vfa) boshqaruvchi direktori doktor Mattias Meyergans va Myullner Angela Margareta bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, innovatsion dori vositalarini ishlab chiqish, klinik tadqiqotlar infratuzilmasini kengaytirish, ilm-fan va taʼlim integratsiyasini kuchaytirish hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar farmatsevtika sohasida kadrlar salohiyatini oshirish, zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro standartlarga mos innovatsion ekotizimni shakllantirish va O‘zbekistonning mintaqaviy farmatsevtika markazi sifatidagi o‘rnini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, Germaniyaning innovatsion farmatsevtika sanoati tajribasi, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda sog‘liqni saqlash tizimiga ilg‘or yechimlarni joriy etish bo‘yicha amaliy yondashuvlar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida farmatsevtika, ilm-fan va taʼlim sohalarida hamkorlikni yana-da rivojlantirish, istiqbolli qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish va o‘zaro tajriba almashishni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

UzDaily · 👁 33 views · 15.06.2026 · 17:20