Oʻzbekiston va EDF energetika loyihalarini rivojlantirishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va EDF energetika loyihalarini rivojlantirishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va EDF energetika loyihalarini rivojlantirishni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Fransiyaning "EDF" kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakillari Iv Barle va Pyer-Pol Antonissen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"EDF" elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasida dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Mazkur kompaniya atom energetikasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasida ulkan tajribaga ega.

Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston energetika sektoridagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Bunda asosiy e’tibor ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, infratuzilmani yangilash va ilg‘or texnologik yechimlarni joriy etish masalalariga qaratildi.

Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish, energetika obyektlari samaradorligini oshirish hamda tarmoqda uzoq muddatli strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling