Oʻzbekiston va Condor Energy gaz qazib olishni koʻpaytirishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Condor Energy gaz qazib olishni koʻpaytirishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Condor Energy gaz qazib olishni koʻpaytirishni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O‘zbekiston neft va gazi — OGU 2026" doirasida "Uzbekneftgaz" rahbariyati hamda Kanadaning Condor Energies Inc. kompaniyasi vakillari o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida Gazli hududida joylashgan Qumli guruhi konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihaning joriy bosqichi, amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Tomonlar loyiha doirasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda yangi quduqlardan samarali foydalanish orqali qazib chiqarish ko‘rsatkichlarini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Mazkur tashabbus "Condor Energy Development" xorijiy korxonasi orqali amalga oshirilmoqda. Loyiha energetika sohasida texnologik yechimlarni keng qo‘llash va mavjud resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan muhim qadamlardan biri sifatida baholandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling