Oʻzbekiston va BAA gender statistikasini rivojlantirishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va BAA gender statistikasini rivojlantirishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va BAA gender statistikasini rivojlantirishni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 22-aprel kuni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Kozixonova Birlashgan Arab Amirliklarining Raqobatbardoshlik va statistika federal markazi direktori Hanan Ahliy  bilan onlayn shaklda uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida gender statistikasi tizimini takomillashtirish, shuningdek, tahlil yo‘nalishlarida ilg‘or tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar gender tahlil tizimini kuchaytirish maqsadida raqamli statistika va “big data” texnologiyalarini joriy etish, BAA ekspertlari ishtirokida trening va seminarlar tashkil etish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalari ishtirokida qo‘shma tadqiqotlar olib borish kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator takliflarni ilgari surdilar.

Uchrashuv yakunida gender statistikasini takomillashtirish, ilg‘or tajribalar asosida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga har ikki tomon ham tayyor ekanini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling