Oʻzbekiston va Avstraliya oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston va Avstraliya oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston va Avstraliya oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Avstraliyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jon Giring bilan (qarorgohi Moskva shahrida) uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar Afg‘onistondagi joriy vaziyat, shuningdek, Afg‘oniston yo‘nalishidagi ikki tomonlama hamkorlikning ayrim masalalarini muhokama qildi.

J.Giring O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yaxlit mintaqaviy pozitsiyani ishlab chiqish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi hamda Toshkent va Kanberra o‘rtasidagi amaliy muloqotni yanada rivojlantirishdan tomonlar o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling