O‘zbekiston

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 20-dekabr kuni “Kantey” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi davlatimiz rahbarini samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi.

Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar va rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushildi.

Shundan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.