O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti sharafiga rasmiy qabul marosimi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Prezidenti sharafiga rasmiy qabul marosimi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Prezidenti sharafiga rasmiy qabul marosimi boʻlib oʻtdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, “Kantey” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi sharafiga Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi nomidan qabul marosimi tashkil etildi.

Tadbirda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolari, ishbilarmon doiralari va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.

Mamlakatimiz yetakchisi va Yaponiya hukumati rahbari boʻlib oʻtgan muzokaralar natijalaridan, ularning yakunida ikki tomonlama aloqalar kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga koʻtarilganidan mamnuniyat bildirdilar.

Oʻzbekiston – Yaponiya munosabatlarini bundan buyon ham mustahkamlashga intilish qatʼiy ekani taʼkidlandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.