Oʻzbekiston Prezidenti Serbiya Prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazdi

Oʻzbekiston Prezidenti Serbiya Prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazdi

Oʻzbekiston Prezidenti Serbiya Prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Boku shahrida boʻlib oʻtayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Koʻp qirrali Oʻzbekiston – Serbiya munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Asosiy eʼtibor tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, qayta ishlash, kimyo va elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi hamda turizm kabi sohalarda kooperatsiya dasturini ishlab chiqish masalalariga qaratildi.

Gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, rektorlarning birinchi forumi hamda Kino va madaniyat kunlarini oʻzaro oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

Yetakchilar xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

#Shavkat Mirziyoyev  

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling