O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga keldi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga keldi
Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi.

Poytaxt aeroportida davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari maqomida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.