O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv oʻtkazdi

Dilafro'z Niyazova · 24.02.2026 · 10:55 · 727 views
Oʻzbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv oʻtkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi.

Maslahatchining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, umumtaʼlim muassasalari salohiyati va investorlar bilan strategik kommunikatsiyani rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Iqtisodiy islohotlar, davlat boshqaruvi, taʼlim sohalaridagi ilgʻor xalqaro tajriba va strategik rejalashtirish amaliyotini izchil joriy etish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, xalqaro maydonda mamlakatimiz investitsiya salohiyatini targʻib qilishni yanada kengaytirish masalasiga toʻxtalib oʻtildi.