Oʻzbekiston Pekinda qashshoqlikni kamaytirish modelini taqdim etdi

Oʻzbekiston Pekinda qashshoqlikni kamaytirish modelini taqdim etdi

Oʻzbekiston Pekinda qashshoqlikni kamaytirish modelini taqdim etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kambag‘allikni qisqartirish va mehnat tadqiqotlari instituti hamda Xitoyning Kambag‘allikni qisqartirish xalqaro markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Jurayev boshchiligidagi delegatsiya hamda bir guruh hokim yordamchilari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida o‘tkazilayotgan 2026-yilgi Xalqaro kambag‘allikni qisqartirish va taraqqiyot forumida ishtirok etmoqda.

Forum doirasida M.Jurayev O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha milliy model, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, mahallalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan ma’ruza qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling