Oʻzbekiston ot sporti sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston ot sporti sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston ot sporti sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yevroosiyo ot sporti assotsiatsiyasi prezidenti, Rossiya ot sporti federatsiyasi rahbari Marina Sechina boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston tomonidan Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Qoʻmita Bosh kotibi Oybek Kasimov, shuningdek, mamlakat yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev ishtirok etishdi.

Ayni paytda Toshkentda konkur boʻyicha nufuzli musobaqalar oʻtkazilmoqda. Muzokaralarda tomonlar ot sporti yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish va tajriba almashish mavzularini muhokama qildilar.

Shuningdek, konkur bo‘yicha Jahon kubogi saralash bosqichi hamda Yevroosiyo ligasi musobaqalarini tashkil etish jarayoni yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash, xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish va mintaqada ot sportini rivojlantirish borasidagi izchil ishlarni davom ettirish borasida soʻz yuritildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling