Oʻzbekiston Osiyodagi konferensiyalarda oʻzining farmatsevtika salohiyatini namoyish etdi
Oʻzbekiston Osiyodagi konferensiyalarda oʻzining farmatsevtika salohiyatini namoyish etdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — "The 2nd Asia-Pacific Conference on the Quality of Traditional Medicine" hamda "International Conference on Traditional Chinese Medicine and Herbal Medicine" xalqaro konferensiyalari doirasida Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari mazkur nufuzli tadbirlar ishida ishtirok etdi.
Konferensiya davomida O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati, shuningdek Farmatsevtika texnik universitetining kadrlar tayyorlash, qo‘shma taʼlim dasturlarini amalga oshirish va akademik almashinuvni rivojlantirish bo‘yicha imkoniyatlari taqdim etildi.
Tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda taʼlim va ilm-fan sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda farmatsevtika sohasi uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan tashabbuslar haqida maʼlumot berildi.
Konferensiya ishtirokchilari Farmatsevtika texnik universitetida taʼlim va ilmiy faoliyatni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va universitetning ilmiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadilar.