Oʻzbekiston MOL Group bilan yer osti boyliklaridan foydalanishni muhokama qildi
Oʻzbekiston MOL Group bilan yer osti boyliklaridan foydalanishni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 13-may sanasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F.Xamidova, vazirlik mutasaddilari, MOL Group kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti Adam Marton boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda mamlakatimiz tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi tahrirdagi “Yer qa’ri to‘g‘risidagi” qonunning ahamiyati, tadbirkorlar va investorlarga shaffof mexanizmlar asosida istiqbolli uchastkalarning taklif qilinayotgani haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tomonlar o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, istiqbolli loyihalar va potensial hamkorlik yo‘nalishlarini qo‘shimcha ravishda o‘rganish hamda muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.