Oʻzbekiston Jahon intellektual mulk tashkilotining Lissabon tizimiga qoʻshildi
Oʻzbekiston Jahon intellektual mulk tashkilotining Lissabon tizimiga qoʻshildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “Kelib chiqish joy nomlari va geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi Lissabon bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 2015-yil 20-may) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Mazkur qonun loyihasi mamlakatimizda intellektual mulkni muhofaza qilish, milliy mahsulot va brendlarni xalqaro miqyosda ishonchli himoya qilish borasidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Loyiha bilan O‘zbekiston Respublikasining Lissabon bitimining Jeneva aktiga qo‘shilishi nazarda tutilmoqda. Ushbu xalqaro hujjat tovar kelib chiqqan joy nomlari va geografik ko‘rsatkichlarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona mexanizmini belgilaydi. Mazkur tizimga qo‘shilish orqali O‘zbekiston geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlarini xalqaro miqyosda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha Lissabon tizimining to‘laqonli ishtirokchisiga aylanadi.
Ushbu hujjat mahalliy tadbirkorlarimizga yangi qulayliklar eshigini ochmoqda. Endi ular milliy brendlarimizni xalqaro maydonga olib chiqishda ortiqcha ovora bo‘lmaydi. Ortiqcha xarajat ham qilmaydi. Ya’ni, hududlarimizga xos, an’anaviy va milliy mahsulotlar bitta talabnoma orqali bir vaqtning o‘zida Jeneva akti ishtirokchi davlatlarida muhofaza qilinishi mumkin bo‘ladi. Bu esa milliy ishlab chiqaruvchilar uchun qulay, ixcham va samarali xalqaro himoya mexanizmini yaratmoqda.
Bunday mexanizm, avvalo, Marg‘ilon atlasi, Chust pichog‘i, G‘uzor tandir go‘shti kabi yurtimizning o‘ziga xos noyob mahsulotlarini xalqaro darajada huquqiy jihatdan himoya qilish, ularning nufuzi va xaridorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Milliy brendlarimizni tashqi bozorlarda keng targ‘ib etish, eksport imkoniyatlarini oshirish, hududiy mahsulotlarning qo‘shimcha qiymatini yuksaltirish hamda gastronomik turizmni rivojlantirish uchun ham yangi imkoniyatlar ochiladi.
Hujjat O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayonini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam bo‘ladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.Ushbu hujjat mahalliy tadbirkorlarimizga yangi qulayliklar eshigini ochmoqda. Endi ular milliy brendlarimizni xalqaro maydonga olib chiqishda ortiqcha ovora bo‘lmaydi. Ortiqcha xarajat ham qilmaydi. Ya’ni, hududlarimizga xos, an’anaviy va milliy mahsulotlar bitta talabnoma orqali bir vaqtning o‘zida Jeneva akti ishtirokchi davlatlarida muhofaza qilinishi mumkin bo‘ladi. Bu esa milliy ishlab chiqaruvchilar uchun qulay, ixcham va samarali xalqaro himoya mexanizmini yaratmoqda.
Bunday mexanizm, avvalo, Marg‘ilon atlasi, Chust pichog‘i, G‘uzor tandir go‘shti kabi yurtimizning o‘ziga xos noyob mahsulotlarini xalqaro darajada huquqiy jihatdan himoya qilish, ularning nufuzi va xaridorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Milliy brendlarimizni tashqi bozorlarda keng targ‘ib etish, eksport imkoniyatlarini oshirish, hududiy mahsulotlarning qo‘shimcha qiymatini yuksaltirish hamda gastronomik turizmni rivojlantirish uchun ham yangi imkoniyatlar ochiladi.
Hujjat O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayonini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam bo‘ladi. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.