“Navoiyuran” va “O‘zmetkombinat” o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishib olindi
“Navoiyuran” va “O‘zmetkombinat” o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishib olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Navoiy uran kompaniyasi” hamda “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida kooperatsiya yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ushbu kelishuv doirasida uran qazib olish jarayonlarida qo‘llaniladigan burg‘alash uskunalarini mahalliylashtirishga qaratilgan qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Tomonlar mazkur tashabbus orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ulushini kengaytirish, shuningdek, milliy sanoat salohiyatini mustahkamlashni maqsad qilgan.
Kelishuvning amalga oshirilishi tarmoqlararo kooperatsiyani yanada chuqurlashtirishga, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga hamda iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashga xizmat qiladi.