Valyuta kurslari 01/05/2025
$1 – 12920.16
UZS – -0,1%
€1 – 14681.18
UZS – -0,26%
₽1 – 158.61
UZS – 0,21%
Qidirish
O‘zbekiston 06/01/2025 Navoiy viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Navoiy viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 6-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:25 da (Grinvich vaqti bilan 15:25) O‘zbekiston Respublikasi hududida zilzila qayd etildi.

Zilzilaning epitsentri Navoiy viloyatining Tomdi tumanida joylashgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika seysmoprognoz monitoringi markazi ma’lumotlariga ko‘ra, epitsentr koordinatalari 41,92° shimoliy kenglik va 65,08° sharqiy uzunlikni tashkil etgan.

Zilzilaning magnitudasi 3,6 ball bo‘lib, o'chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan.

Epitsentrdan O‘zbekiston poytaxti Toshkentgacha bo‘lgan masofa 352 km ni tashkil etadi (shimoliy g‘arb yo‘nalishida).

Hozirgi vaqtgacha jabrlanuvchilar yoki vayronagarchiliklar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling