O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Namangan viloyati fermerlari Xitoyda ilg'or urug'chilik amaliyotini o'rganmoqda

Dilafro'z Niyazova · 07.02.2026 · 11:45 · 933 views
Namangan viloyati fermerlari Xitoyda ilg'or urug'chilik amaliyotini o'rganmoqda
Namangan viloyati fermerlari Xitoyda ilg'or urug'chilik amaliyotini o'rganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namanganlik fermerlarning Xitoy Xalq Respublikasidagi safari davom etmoqda.

Namangan viloyati delegatsiyasi g‘allachilik, don va dukkakli o‘simliklar urug‘chiligi texnologiyalari faoliyati bilan tanishish maqsadida Xitoy davlatining “Xinjiang Seed Charm Agri-Tech Co.,LTD” kompaniyasida bo‘ldi.

Shuningdek, fermerlar uchun o‘quv seminarlari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilgan bo‘lib, ular Xitoyning qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilg‘or tajribalari, zamonaviy texnologiyalari va innovatsion yechimlari bilan tanishmoqda.

Mazkur tashrif fermer xo‘jaliklari rahbarlarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida barqaror o‘sishni taʼminlashga xizmat qiladi.