O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Muzaffar Kamilov qaytadan O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi rektori etib tayinlandi

Dilafro'z Niyazova · 06.12.2024 · 08:09 · 1183 views
Muzaffar Kamilov qaytadan O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi rektori etib tayinlandi
Muzaffar Kamilov qaytadan O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi rektori etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Muzaffar Kamilov O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi, deb xabar beradi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati.

Muzaffar Kamilov bu lavozimni 2021–2023-yillarda ham egallagan.

Avvalgi rektor Uyg‘un G‘afurov boshqa ishga o‘tish munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. U 2023-yil sentyabridan buyon akademiyaga rahbarlik qilib kelgan edi.

Muzaffar Kamilov yangi tayinlovga qadar prezidentning millatlararo va konfessiyalararo munosabatlar bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan.