O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Mo'g'ulistondan Ohangaron tumaniga 20 000 ta Bayat qo'yi import qilinadi

UzDaily · 20.06.2026 · 22:55 · 33 views
Mo'g'ulistondan Ohangaron tumaniga 20 000 ta Bayat qo'yi import qilinadi

Mo'g'ulistondan Ohangaron tumaniga 20 000 ta Bayat qo'yi import qilinadi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Mo'g'ulistondan 2026-yilga qadar yigirma ming bosh Bayat zotli qo'ylar Toshkent viloyatining Ohangaron tumaniga yetkazib beriladi.

Tegishli kelishuvlarga O'zbekiston delegatsiyasining Mo'g'ulistonga ishchi tashrifi davomida erishildi. Ishchi guruh tarkibiga Ohangaron tumani hokimi B. Norqobilov, Toshkent viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i H. Otaboev, shuningdek, yetakchi fermerlar, tadbirkorlar va tegishli mutaxassislar kirgan.

Safar doirasida ikki hudud o‘rtasida chorvachilik sohasida hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinmoqda.

Uchrashuvlar va muzokaralar jarayonida chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, naslli hayvonlar sonini ko‘paytirish, mahsuldorlikni oshirish hamda zamonaviy fermerlik usullarini joriy etish bo‘yicha fikr almashildi.

Delegatsiya Mo‘g‘ulistonning bir qator yirik chorvachilik xo‘jaliklarida bo‘lib, ularning faoliyati, naslchilik ishlarini tashkil etish tajribasi va hayvonlarni parvarishlash tizimi bilan yaqindan tanishmoqda.

Ayniqsa, mahalliy iqlim sharoitiga moslashuvchanligi, mahsuldorligi va yuqori nasldorlik xususiyatlari bilan ajralib turadigan "Bayat" zotli qo‘ylarga qiziqish bildirildi. 

Uchrashuv davomida Mo‘g‘ulistondan Ohangaron tumaniga joriy yilda 20 ming bosh "Bayat" zotli qo‘ylarni olib kelish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

UzDaily · 👁 33 views · 20.06.2026 · 22:55