Mirziyoyev BMTning Ekologik dasturi bilan ekologik hamkorlikni muhokama qildi
Mirziyoyev BMTning Ekologik dasturi bilan ekologik hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida oʻtayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida BMTning Atrof-muhit boʻyicha dasturi ijrochi direktori Inger Andersen bilan muloqot qildi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va iqlim muammolariga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.
Oʻzaro hamkorlik, shu jumladan, milliy ekologik maʼruzalarni tayyorlash, atrof-muhit monitoringi tizimini takomillashtirish va institutsional salohiyatni mustahkamlash masalalarida izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Ijrochi direktor Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan “Yashil makon”, “Biomeros”, “Toza havo,” “Chiqindisiz hudud” va “Ekomadaniyat” kabi milliy loyihalarni yuqori baholadi. Ularning ekologik barqarorlikni taʼminlash va aholi turmush sifatini oshirishdagi ahamiyati qayd etildi.
Inger Andersen, shuningdek, Oʻzbekiston Prezidentining bugungi sammitda ilgari surilgan tashabbuslarini roʻyobga chiqarish boʻyicha amaliy sheriklikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
#Shavkat Mirziyoyev