O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Mirzanozim Do‘stmuratov «Dori-Darmon» AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi

Dilafro'z Niyazova · 28.01.2025 · 18:15 · 619 views
Mirzanozim Do‘stmuratov «Dori-Darmon» AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi
Mirzanozim Do‘stmuratov «Dori-Darmon» AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mirzanozim Do‘stmuratov «Dori-Darmon» aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi etib tayinlandi.

Tibbiyot fanlari nomzodi, ortoped, travmatolog va protezotexnik bo‘lgan Mirzanozim Mirzabekovich Do‘stmuratov avvalroq «O‘zfarmsanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasining tugatish komissiyasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur lavozimni avval Umida Solihboyeva egallagan edi.