Milan-Kortina-2026: Oʻzbekiston delegatsiyasi 4 ta yoʻllanma qoʻlga kiritdi

Milan-Kortina-2026: Oʻzbekiston delegatsiyasi 4 ta yoʻllanma qoʻlga kiritdi

Milan-Kortina-2026: Oʻzbekiston delegatsiyasi 4 ta yoʻllanma qoʻlga kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlari startiga sanoqli kunlar qoldi. Oʻzbekistonlik sportchilar ushbu yilning eng nufuzli musobaqalaridan biriga 4 ta yoʻllanma qoʻlga kiritishdi.

Saralash sikli yakuniga koʻra, Dmitriy Chigirev hamda Yekaterina Geynish figurali uchishning juftlik, Medet Nazarov togʻ changʻisining slalom va gigant-slalom, Daniil Yeybog short-trekning 500 metr masofaga yugurish yoʻnalishlarida Olimpiada yoʻllanmalariga sazovor boʻlishdi.

Afsuski, tayyorgarlik jarayonida Dmitriy Chigirev jarohat olib, Olimpiadagacha tiklana olmadi. Shu bois, musobaqalarda sportchilarimiz togʻ changʻisi va short-trek dasturlarida startga chiqishadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling