Valyuta kurslari 16/05/2025
$1 – 12965.34
UZS – -0,11%
€1 – 14525.07
UZS – -0,56%
₽1 – 161.34
UZS – -0,18%
Qidirish
Iqtisod 20/02/2025 Maskatda O‘zbekiston–O‘mon tadbirkor ayollari forumi bo‘lib o‘tadi

Maskatda O‘zbekiston–O‘mon tadbirkor ayollari forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yaqin kunlarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi boshchiligida o‘zbekistonlik tadbirkor ayollarning O‘mon Sultonligiga tashrifi amalga oshiriladi.

Mazkur tashrif oldidan, 18 fevral kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida tadbirkor ayollarning O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Suhbat chog‘ida tadbirkor ayollar tashrifdan ko‘zlangan maqsadlar, kutilayotgan natijalar va bo‘lajak hamkorlik masalalari haqida fikr almashdilar.

O‘z navbatida O‘mon elchisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratayotgan eʼtibori va bu borada olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikda aynan ayollar tashabbuslari muhim o‘rin tutishini taʼkidladi.

O‘zbekistondagi ilk faoliyatimni boshlaganimda, yuragimning tubidan ikki davlatdagi ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratishni niyat qilgandim. Shu sababli bu tashrifdan juda mamnunman — dedi Vafo al-Busaidiy.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra, tashrifni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha rejali ishlarni hamkorlikda davom ettirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling