Valyuta kurslari 18/04/2025
$1 – 12964.43
UZS – -0,23%
€1 – 14744.45
UZS – -0,12%
₽1 – 158.28
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 21/03/2025 Malayziyaning Aerodyne Group kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Malayziyaning Aerodyne Group kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Aerodyne Group" kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Kamarul Muhamed bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Kompaniya dron xizmatlarida innovatsion yondashuv va sun'iy intellekt dasturlaridan samarali foydalaniladi. Shu boisdan, dunyodagi dronlar bozorini o'rganish va tahlil qilish markazi tomonidan (Drone Industry Insights) 2021-2023-yillarda "Aerodyne" dron xizmatlarini taqdim etuvchi eng yaxshi kompaniya sifatida e'tirof etilgan.

Kamarul Muhamedning aytishicha, O'zbekiston qishloq xo'jaligida uchuvchisiz qurilmalar xizmatlarini ko'rsatish uchun juda katta imkoniyatlar mavjud.

Malayziya tomoni dastlabki bosqichda qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun uchuvchisiz apparatlar xizmatini yo'lga qo'yish va keyinchalik O'zbekiston sharoiti uchun mos bo'lgan zamonaviy dronlarni ishlab chiqarishga sarmoya kiritishga tayyorligini ma'lum qildi.

Shuningdek, kompaniya rahbari mahalliy hamkor bilan birgalikda dronlarni boshqarish va ularning dasturiy ta'minoti bo'yicha malakali mutaxassislarni tayyorlovchi trening markazini ishga tushirishga qiziqish bildirdi.

"Aerodyne Group" kompaniyasiga 2014-yilda Kamarul Muhamed tomonidan asos solingan. Uning faoliyati uchuvchisiz uchadigan apparatlar xizmatlarini ko'rsatish va ularning ayrim turlarini ishlab chiqarishdan iborat.

Hozirgi kunda kompaniya faoliyati global miqyosda kengaygan, jumladan dunyoning 45 ta davlatida dron xizmatlarini ko'rsatmoqda hamda 8 ta mamlakatda o'z filiallarini ochgan. Kompaniya turli maqsadlar uchun mo'ljallangan 800 dan ortiq dronlar parkiga egalik qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling