Ko‘p kvartirali uylarni saqlash qoidalari tasdiqlandi

Ko‘p kvartirali uylarni saqlash qoidalari tasdiqlandi

Ko‘p kvartirali uylarni saqlash qoidalari tasdiqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Adliya vazirligi 2026 yil 29 apreldagi ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi, deb xabar qildi idora matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylar uchun boshqarish organlari tomonidan umumiy texnik pasport yuritiladi. Boshqarish organlari yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar, kuzatuv kameralari va domofonlar soz holatda saqlanishi, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, inventar va xo‘jalik anjomlarini sotib olish ishlarini amalga oshirishadi.

Ko‘p kvartirali uyning fasad qismlarida va umumiy foydalanish hududlarida mulkdorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan meʼmorchilik detallari, reklamalar, afishalar, va eʼlonlarni o‘rnatish mumkin.

Uylarda shovqin darajasi belgilangan sanitariya meʼyorlaridan oshmasligi shart.

Uylar (zinapoyalar, liftlar, chiqindi kamerasi, chiqindilarni to‘plash moslamalari yerto‘lalari va boshqalar), tutash hududlar zaruratga ko‘ra, boshqarish organi tomonidan deratizatsiyalanishi, dezinseksiya va dezinfeksiyalanadi.

Uylarning yerto‘la qismidagi quvurlarda avariya holati yuzaga kelishi natijasida suv yoki oqova suv to‘planib qolsa boshqarish organi 24 soat mobaynida yerto‘ladagi suv va oqova massalarini chiqarib yuborishi lozim.

Haftada 1 marta ko‘p kvartirali uylarning lift xonalarini tozalanadi hamda lift uskunalari doimiy texnik monitoring qilinadi.

Qoidalarga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarda quyidagilar taqiqlanadi:

yong‘in xavfini keltirib chiqaruvchi uskunalarni balkonlar va lodjiyalarga o‘rnatish;

balkonlarda og‘ir buyumlarni saqlash;

balkonlar va lodjiyalarning fasad (tashqi) qismlarida kir, kiyim-kechak, gilam va boshqalarni osib qo‘yish (ichki qismi bundan mustasno);

uy hayvonlarini umumiy foydalanishdagi joylarda, zinapoyalarda, cherdaklarda, yerto‘lalarda, shuningdek umumiy foydalanishdagi oshxonalarda, balkonlarda va lodjiyalarda saqlash;

kirish yo‘laklarining zinapoya maydonlarida va zinapoyalarning ostida yonuvchi materiallarni saqlash;

umumiy issiqlik parametrlariga taʼsir ko‘rsatuvchi qayta rejalashtirish (rekonstruksiya) ishlarini amalga oshirish, qo‘shimcha isitish yuzalariga (isitilmaydigan yuzalar) issiqlik uskunalarini o‘rnatish, shuningdek, umumiy mulk tarkibiga kiruvchi issiqlik tizimlariga o‘zgartirish kiritish.

Shuningdek, avtotransport vositalarini ko‘p kvartirali uylar va unga tutash yer uchastkalaridagi gazonlar usti, xiyobonlar, bolalar maydonchalari, trotuarlarga, kirish yo‘laklari qarshisiga qo‘yish taqiqlanadi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling