O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Kon-geologiya vazirligida Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi vakili bilan uchrashuv tashkil qilindi

Dilafro'z Niyazova · 24.04.2025 · 13:45 · 552 views
Kon-geologiya vazirligida Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi vakili bilan uchrashuv tashkil qilindi
Kon-geologiya vazirligida Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi vakili bilan uchrashuv tashkil qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 23-aprel kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi departamenti direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuvda vazirning birinchi o‘rinbosari O.Nasritdinxodjayev, vazir o‘rinbosari U.Yusupov, “Tog‘-kon sanoatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi” DM direktori M.Ilhamov, Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi departamenti direktori Nasser Albakron ishtirok etishdi. 

Tadbirda O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi islohotlar, ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, investitsiya loyihalarida “Mahalliy kontent” ulushini oshirish va mahalliylashtirish yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashinuvi kabi masalalar muhokama qilindi.