Kon-geologiya vazirligi, Amerika, Traxys kompaniya, muhim minerallar
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov AQShning Traxys kompaniyasi bosh direktori Mark Kristoff boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida hamkorlikning eng asosiy jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar o‘ta muhim minerallarni qazib olish va qayta ishlash masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Vazir O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya sohasining Traxys kabi ishonchli, tajribali xalqaro hamkorlarga ochiqligi, kelgusidagi aloqalarning mustahkamlanishidan manfaatdorligini qayd etdi.