O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Infantino O‘zbekistonni JCHdagi ilk ishtiroki bilan tabrikladi

UzDaily · 19.06.2026 · 10:10 · 25 views
Infantino O‘zbekistonni JCHdagi ilk ishtiroki bilan tabrikladi

Infantino O‘zbekistonni JCHdagi ilk ishtiroki bilan tabrikladi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Meksikaga kelgan rasmiy vakillar “Asteka” stadionida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida FIFA rahbari O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatidagi tarixiy debyuti bilan tabrikladi hamda jamoaga navbatdagi uchrashuvlarda muvaffaqiyat tiladi.

O‘z navbatida, Sport vazirligi, Milliy olimpiya va paralimpiya qo‘mitalari, shuningdek O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari Janni Infantinoga minnatdorlik bildirdi hamda Kolumbiya terma jamoasiga qarshi uchrashuv milliy futbolni yana-da rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Shuningdek, o‘zbek delegatsiyasi Kolumbiya futbol federatsiyasi prezidenti va FIFA Kengashi aʼzosi Ramon Xesurunni uning jamoasi g‘alabasi bilan tabrikladi hamda unga esdalik sovg‘asini topshirdi.

UzDaily · 👁 25 views · 19.06.2026 · 10:10