ILMA va YTTB O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

ILMA va YTTB O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

ILMA va YTTB O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarning markaziy mavzusi YETTBning ekspert ko‘magida tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasining "Kapital bozori to‘g‘risida"gi Qonuni loyihasining ayrim qoidalari, xususan, hosilaviy moliyaviy instrumentlar (derivativlar)ni tartibga solish hamda O‘zbekiston Respublikasida xalqaro moliya institutlari obligatsiyalarining muomalasiga oid masalalar muhokamasi bo‘ldi.

Agentlik rahbariyati kapital bozorini tartibga solish sohasidagi ilg‘or xalqaro amaliyotlarni qonun loyihasiga integratsiya qilishda YETTB jamoasining hissasini yuqori baholadi.

Uchrashuv davomida respublika kapital bozorining hisob, savdo va hisob-kitob infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar YETTB va Agentlik o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining rivojlangan, shaffof va raqobatbardosh kapital bozorini shakllantirishga qaratilgan qo‘shma ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling