Ibrohim Ergashev investitsiyalar vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
Ibrohim Ergashev investitsiyalar vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda hukumatning iqtisodiy blokida kadr tayinlovi amalga oshirildi. Ibrohim Ergashev investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.
Tegishli qaror O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Hujjatda Ergashev O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlangani qayd etilgan.
Ushbu tayinlovga qadar u Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Karantin va o‘simliklarni himoya qilish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
UzDaily
·
👁 460 views
·
20.05.2026 · 09:00