Valyuta kurslari 21/05/2025
$1 – 12892.91
UZS – 0,27%
€1 – 14512.26
UZS – 0,05%
₽1 – 160.34
UZS – 0,39%
Qidirish
Turizm 26/02/2025 Hunnu Air aviakompaniyasi Ulan-Bator-Toshkent yo‘nalishini ishga tushirishni rejalashtirmoqda

Hunnu Air aviakompaniyasi Ulan-Bator-Toshkent yo‘nalishini ishga tushirishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasida Mog‘ulistonning “Hunnu air” aviakompaniyasi direktori Turbold Tserenku bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida “Hunnu air” aviakompaniyasi tomonidan Ulan-Batordan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tashkil etish rejasini inobatga olgan holda O‘zbekiston va Mo‘g‘iliston o‘rtasida sayyohlar oqimini oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar 2024-yil 24-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Mo‘g‘uliston Hukumati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida” bitim ijrosini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling