O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Hatayda oʻzbek-turk doʻstligi yodga olindi

UzDaily · 16.06.2026 · 16:45 · 29 views
Hatayda oʻzbek-turk doʻstligi yodga olindi

Hatayda oʻzbek-turk doʻstligi yodga olindiHatayda oʻzbek-turk doʻstligi yodga olindi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Turkiya davlat rahbarlari tashabbuslari bilan so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, qardoshlik aloqalari mustahkamlanmoqda.

Ma’lumki, 2023-yil fevral oyida Turkiyaning Hatay viloyatida ro‘y bergan zilzila oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib Turkiyaga yordam qo‘lini cho‘zgan edi. Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, Hatay viloyatining Arsuz tumanida 306 xonadondan iborat 24 ta qo‘p qavatli uy-joy qurib berildi.

Prezidentimiz shu yil yanvar oyida Turkiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida yangi xonadonlar ularning egalariga topshirilgan edi.

Hozirda bu xonadonlarda yashayotgan oilalarning nafaqat bag‘ri butun, balki ular og‘ir va sinovli kunlarda qardosh o‘zbek xalqining, uning yetakchisi tomonidan ko‘rsatilgan yordamni cheksiz minnatdorlik bilan e’tirof etmoqda.

Joriy yilning 13-14-iyun kunlari Hatay viloyatida qad rostlagan “O‘zbekiston” mahallasidagi qurilish majmualariga xalqlarimiz o‘rtasidagi abadiy do‘stlik timsollariga uyg‘un ravishda nom berish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi. Unda shuningdek, Turkiya Buyuk Millat Majlisi Raisi N. Kurtulmush boshchiligidagi Turkiya Buyuk Millat Majlisi deputatlari, Hatay viloyati, Arsuz tumani rahbariyati va boshqa bir qator rasmiy vakillar ham qatnashdi.

Ta’kidlanganidek, Hatay zaminida bunyod etilgan go‘zal maskanlarga “Shavkat Mirziyoyev Bulvari”, “O‘zbekiston mahallasi”, “Toshkent” va “Samarqand” ko‘chalari, “O‘zbekiston qardoshlik parki” kabi nomlar berilishi va “Buxoro jome masjidi”ning faoliyat yuritishi o‘zbek xalqiga ko‘rsatilgan yuksak hurmat namunasidir.

So‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlarni alohida e’tirof etib, ayniqsa, qardosh xalqlar bilan hamkorlik mustahkamlanib borayotganini takidladi.

Tadbir davomida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari ushbu majmualar bilan ham tanishdilar.

Shuningdek, ertalabdan boshlangan sayillarda mahalliy aholi o‘zbek milliy konsert dasturlaridan, O‘zbekistonlik mohir oshpazlar tomonidan tayyorlangan milliy taomlardan bahramand bo‘ldilar. O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan fotosuratlar hamda o‘zbek milliy hunarmandchilik asarlari ko‘rgazmalari Hatay aholisida katta taassurotlar qoldirdi.

UzDaily · 👁 29 views · 16.06.2026 · 16:45