O‘zbekiston

“Gohar Textile” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

“Gohar Textile” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
“Gohar Textile” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga davlat tashrifi doirasida “Gohar Textile” kompaniyasi asoschisi Gouhar Mustafo bilan uchrashdi.

Kompaniya paxta tolasini qayta ishlashga ixtisoslashgan boʻlib, maishiy toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha katta tajribaga ega.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda toʻqimachilik mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va Oʻzbekiston korxonalarini xalqaro yetkazib berish zanjirlariga integratsiya qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.