Geologiya vazirligi rahbari Turkiyaning ESAN kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qildi
Geologiya vazirligi rahbari Turkiyaning ESAN kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov hamda vazirlik mutasaddilari ishtirokida Turkiyaning ESAN kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikda investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, V Toshkent xalqaro investitsiya forumining yuksak saviyada tashkil qilingani va xalqaro hamkorlikning bu borada yangi bosqichga chiqayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, tomonlar mamlakatimizda ESAN Eczacıbaşı kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati, kelgusi rejalar hamda strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.