FVV «Abu Saxiy» bozori yaqinidagi hodisaga izoh berdi
FVV «Abu Saxiy» bozori yaqinidagi hodisaga izoh berdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Favqulodda vaziyatlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda «Abu Saxiy» bozori hududida gaz balloni portlagani haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, 3 iyul kuni Chilonzor tumanidagi Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida yuk avtomashinasida gaz balloni yorilgani haqida xabar kelib tushgan.
Hodisa joyiga qutqaruv bo‘linmalari tezkor ravishda yetib borgan. Tekshiruv davomida gaz ballonining KamAZ rusumidagi yuk avtomashinasida yorilgani aniqlangan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.