O‘zbekiston

Finlyandiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Finlyandiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi
Finlyandiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 31-oktabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelgan Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubbni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi.

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, shohsupaga taklif etdi.

O‘zbekiston va Finlyandiya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar.

Tantanali marosim yakunlangach, birgalikda suratga tushildi va delegatsiyalar ishtirokida oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.