O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Farg‘ona viloyatida Turkiya kompaniyasi bilan qo‘shma loyihalar muhokama qilinmoqda

UzDaily · 05.04.2026 · 19:15 · 631 views
Farg‘ona viloyatida Turkiya kompaniyasi bilan qo‘shma loyihalar muhokama qilinmoqda
Farg‘ona viloyatida Turkiya kompaniyasi bilan qo‘shma loyihalar muhokama qilinmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning “Terminal Yapı ve Ticaret Anonim Şirketi” kompaniyasi rahbari Mexmet Alp Delimollaogluni qabul qildi

Uchrashuvda kompaniya tomonidan viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimi bugungi kunda   Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha katta maqsadlar belgilanganini, bu jarayonda hamkorlikdagi loyihalar muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.