Farg'ona viloyati Yaponiya kompaniyalari bilan loyihalarni muhokama qildi

Farg'ona viloyati Yaponiya kompaniyalari bilan loyihalarni muhokama qildi

Farg'ona viloyati Yaponiya kompaniyalari bilan loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Yaponiyada faoliyat yurituvchi elektronika va maxsus uskunalar ishlab chiqaruvchi “Kansai Electronics Co., Ltd.” va “Material Works” kompaniyasi rahbariyati bilan istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda, xususan, Farg‘ona viloyatida yaratilgan qulay investitsiya muhiti, sanoat zonalari, eksport salohiyati va biznes yuritish uchun mavjud imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Muloqot chog‘ida elektronika, maxsus texnologik uskunalar ishlab chiqarish, qayta ishlash yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Yapon kompaniyalari vakillari Farg‘ona viloyatining sanoat salohiyati, logistik imkoniyatlari va investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlarga katta qiziqish bildirib, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va aniq loyihalar ustida ishlashga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling