Farg'ona va Leningrad viloyati o'rtasidagi savdo hamkorligi kengaymoqda

Farg'ona va Leningrad viloyati o'rtasidagi savdo hamkorligi kengaymoqda

Farg'ona va Leningrad viloyati o'rtasidagi savdo hamkorligi kengaymoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugun Rossiya Federatsiyasining Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko bilan uchrashdi.

"INNOPROM. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan muloqotda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda an’anaviy tashkil etilayotgan mazkur ko‘rgazma sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish uchun muhim muloqot maydoni bo‘layotganligi ta’kidlandi. Ikki hudud o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini yo‘lga qo‘yish, savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha fikr almashildi.

Tadbir yakunida Farg‘ona va Leningrad viloyatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-madaniy sohalarda hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling