Fargʻona viloyati Fujikura Kasei bilan loyihalarni muhokama qildi

Fargʻona viloyati Fujikura Kasei bilan loyihalarni muhokama qildi

Fargʻona viloyati Fujikura Kasei bilan loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyaning kimyo va yuqori texnologiyali materiallar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalaridan biri - "Fujikura Kasei Co., Ltd." ijrochi direktori Takaxiro Ishi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish xususida so‘z yuritildi.

Kompaniya viloyatda tibbiyot yo‘nalishida tahlillar uchun reagentlar ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha taqdimot qildi. Hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tadbirlar belgilandi.

"Fujikura Kasei" kompaniyasi plastik uchun qoplamalar, qurilish bo‘yoqlari va dekorativ materiallar, elektron, funksional polimer va smolalar hamda tibbiyot sohasi uchun materiallar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi.

"Fujikura Kasei"ning mashhur texnologiyalaridan biri — “DOTITE” brendi ostidagi tok o‘tkazuvchi materiallar bo‘lib, ular sensor panellar, elektron platalar sohasida ishlatiladi.

Kompaniya xalqaro bozorda ham faol bo‘lib, AQSH, Xitoy, Tailand, Vyetnam, Malayziya va boshqa davlatlarda filiallari mavjud.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling