O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Fargʻona viloyati Afgʻoniston bilan savdo aloqalarini kengaytirmoqda

UzDaily · 17.06.2026 · 16:35 · 27 views
Fargʻona viloyati Afgʻoniston bilan savdo aloqalarini kengaytirmoqda

Fargʻona viloyati Afgʻoniston bilan savdo aloqalarini kengaytirmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati delegatsiyasi ishtirokida Balx viloyatining Mozori Sharif shahrida “Kamol Nabizoda Xolding” ish boshqaruvchisi Vahitulloh Mahmudiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Farg‘ona viloyati savdo uyini tashkil etish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Savdo uyiga birinchi mahsulotlar partiyasi olib kelindi va uni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlandi.

Mozori Sharif shahrida faoliyat yuritayotgan yirik importyorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga Farg‘ona viloyatining iqtisodiy salohiyati, sanoat tarmoqlari hamda hududda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ular Farg‘onada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga qiziqish yuqori ekanligini bildirdilar.

Afg‘on tadbirkorlarining Farg‘ona viloyati tadbirkorlari bilan onlayn platforma orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani qayd etildi.

UzDaily · 👁 27 views · 17.06.2026 · 16:35