O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Fargʻona texnika universiteti va AHA talabalar uchun grantlar boʻyicha kelishib oldilar

UzDaily · 19.06.2026 · 13:00 · 35 views
Fargʻona texnika universiteti va AHA talabalar uchun grantlar boʻyicha kelishib oldilar

Fargʻona texnika universiteti va AHA talabalar uchun grantlar boʻyicha kelishib oldilar

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda Janubiy Koreyaning "AHA" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, "AHA" kompaniyasi tomonidan Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari uchun har yili 10 ta grant ajratiladi.

Shuningdek, dual ta’lim, talabalarni amaliyot va ish bilan ta’minlash, ishlab chiqarishda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda universitet-sanoat hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi.

"AHA" ko‘magida FDTUning Janubiy Koreyaning nufuzli Seoultech universiteti bilan hamkorligi ham kengaymoqda. Xususan, SEOULTECH tomonidan FDTUning 2 nafar talabasi uchun grant ajratilishi hamda ta’lim va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mazkur hamkorlik talabalarga yangi xalqaro imkoniyatlar yaratish va universitetning global hamkorlik tarmog‘ini kengaytirishga xizmat qiladi.

UzDaily · 👁 35 views · 19.06.2026 · 13:00