O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Deputatlar yer ijarasi muddatini 49 yilgacha uzaytirishni ma'qulladilar

UzDaily tahririyati · 22.07.2026 · 18:45 · 29 views
Deputatlar yer ijarasi muddatini 49 yilgacha uzaytirishni ma'qulladilar

Deputatlar yer ijarasi muddatini 49 yilgacha uzaytirishni ma'qulladilar

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tizimlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqilmoqda.Majlisda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tizimlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqilmoqda.

Qonun loyihasi bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish muddatini amaldagi o‘ttiz yildan qirq to‘qqiz yilga uzaytirish taklif etilmoqda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini ijaraga berishning eng ko‘p muddati esa qirq to‘qqiz yil etib belgilanmoqda.

Shuningdek, chet el fuqarolari va yuridik shaxslari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga qishloq xo‘jaligi yerlaridan ikkilamchi ijara huquqi asosida foydalanish tartibi belgilanmoqda.

Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida uning normalari mas’ul qo‘mita va deputatlar, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirokida batafsil muhokama qilinib, huquqni qo‘llash amaliyotidan kelib chiqqan holda takomillashtirildi.

Xususan, qonun loyihasida xalqaro amaliyotdan kelib chiqib qonunchilikdagi chet el fuqarolariga yer ajratish bilan bog‘liq tarqoq normalarni tizimlashtirishga, mudofaaga mo‘ljallangan, chegara, tarixiy-madaniy yerlar va o‘rmon fondi yerlari chet elliklarga berilmasligiga qaratilgan normalar o‘z aksini topmoqda.

Shuningdek, noqishloq yerlar ijarasiga oid qoidalar soddalashtirilib, yerlarni auksion orqali ijaraga olishga va ushbu yerni qayta ijaraga berishga ruxsat berilmoqda. Bundan tashqari, yakka tartibdagi uy-joylar joylashgan yer uchastkasi ijara huquqi asosida berilishi mustahkamlab qo‘yilmoqda.

Qonun qabul qilinishi yer munosabatlarida huquqiy aniqlikni ta’minlashga va davlat nazoratini mustahkamlashga, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga hamda yer resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.