Chexiyada joylashgan From Wild International kompaniyasi Farg‘onadagi loyihalarni o‘rganmoqda

Chexiyada joylashgan From Wild International kompaniyasi Farg‘onadagi loyihalarni o‘rganmoqda

Chexiyada joylashgan From Wild International kompaniyasi Farg‘onadagi loyihalarni o‘rganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Chexiyada bosh ofisi joylashgan “From Wild International s.r.o.” kompaniyasi taʼsischisi Denis Klepikovni qabul qildi

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, mevalarni qayta ishlash va eksport qilish masalalari muhokama qilindi.

Investor o‘z kompaniyasi faoliyati, ayniqsa, quritilgan mevalarni qayta ishlash va tashqi bozorlarga chiqarish borasidagi tajribasi haqida maʼlumot berdi. U kompaniya mahsulotlari MDH davlatlari hamda Yevropa bozorlarida o‘z xaridorlariga ega ekanini taʼkidladi.

Uchrashuvda Rishton tumanida amalga oshirilayotgan dastlabki loyihalar, xususan, o‘rikni qayta ishlash va istiqboldagi hamkorlik jarayonlari ko‘rib chiqildi.
 
Shuningdek, Farg‘ona viloyatida mazkur yo‘nalishni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar, yuqori salohiyat mavjudligi qayd etildi. Sohaga ilmiy yondashuv va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, malakali mutaxassislar tayyorlash masalalariga eʼtibor qaratildi. 

Uchrashuvda loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari, hamkorlik masalalari kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling