Bola maktabgacha taʼlim muassasasida elektr toki urishi natijasida vafot etdi
Bola maktabgacha taʼlim muassasasida elektr toki urishi natijasida vafot etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 28 mart kuni Buxoro tumanida oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalaridan birida bola vafot etdi.
Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, hodisa 2023 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi Sh.Sh. elektr simiga tegib, hushini yo‘qotganida sodir bo‘lgan.
Shifokorlar 16:43 da bolaning biologik o‘limi yuz berganini tasdiqlashdi.
Hodisa bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
UzDaily
·
👁 487 views
·
01.04.2025 · 14:50