Bekobodda 25 kg dan ortiq giyohvand moddalar musodara qilindi

Bekobodda 25 kg dan ortiq giyohvand moddalar musodara qilindi

Bekobodda 25 kg dan ortiq giyohvand moddalar musodara qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda DXX harbiy qismi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Bekobod shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan ikki nafar fuqaro chegara sim to‘sig‘ini buzib o‘tayotgan vaqtda to‘htatib qolindi. Ularning yonida bo‘lgan ikki dona sumka va bir dona xo‘jalik qopi tekshirilganda, jami 25 dona o‘ramda giyohvandlik moddalar borligi aniqlandi.

Aniqlangan giyohvandlik vositalarining umumiy og‘irligi 25,8 kgni tashkil etdi. Ekspertiza xulosasiga ko'ra, 5 kg 112 gramm "opiy" va 20 kg 706 gramm "gashish" turiga mansubligi maʼlum bo‘ldi.

Shuningdek, bir dona xo‘jalik qopida aksiz markasi bo‘lmagan 380 quti Esse Change tamaki mahsulotlari hamda bir dona ko‘z yoshlantiruvchi maxsus vosita ham borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling