Baxtiyor Saidov Argentinaning yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Baxtiyor Saidov Argentinaning yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 27 iyul kuni Argentinaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Enrike Ignasio Ferrera Viyeyraning ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning mavjud salohiyatidan yana-da samarali foydalanish, siyosiy muloqotni faollashtirish hamda tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni institutsional asosda mustahkamlash zarurligini taʼkidladilar.
Baxtiyor Saidov savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish muhimligini qayd etdi. Uning taʼkidlashicha, mazkur yo‘nalish ikki tomonlama munosabatlarning asosiy tayanchlaridan biriga aylanishi lozim.
Vazir Enrike Ignasio Ferrera Viyeyraga O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini bajarishda muvaffaqiyat tiladi.