O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Bahodir Jalolov IBA.PRO turnirida rossiyalik Kuduxov ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

UzDaily · 07.10.2025 · 15:36 · 9537 views
Bahodir Jalolov IBA.PRO turnirida rossiyalik Kuduxov ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

Bahodir Jalolov IBA.PRO turnirida rossiyalik Kuduxov ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 6 oktyabr kuni ikki karra Olimpiyada chempioni, o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan IBA.PRO 10 turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Superog‘ir vazn toifasida Jalolov rossiyalik bokschi Vitaliy Kuduxov (7–3, 3 KO) bilan ringga chiqdi.

Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang to‘liq masofaga cho‘zildi va natijada o‘zbekistonlik sportchi hakamlar yakdil qarori bilan murakkab g‘alabaga erishdi.

Bu g‘alaba Jalolovning professional karyerasidagi 16-chi yutug‘i bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, u so‘nggi jangini 5 aprel kuni Ostona shahrida o‘tkazgan edi. O‘shanda ham u hakamlar yakdil qarori bilan ukrainalik Igor Shevadzutskiyni (12–3, 10 KO) mag‘lub etgan edi.

UzDaily · 👁 9537 views · 07.10.2025 · 15:36